Azim Suyun

Shoir, Yozuvchi
Azim Suyun
Tavallud sanasi:
1948 Fevral 22

Jahon Madaniyat va san'at akademiyasi a'zosi, Turkiya Yozuvchilar birligining diplomi bilan ham taqdirlangan shoir Azim Suyun. So'nggi yillarda chop etilgan «Saylanma» kitobiga turli davrda yaratilgan eng yaxshi she'rlari va «Sarbadorlar» dostoni kiritilgan. Unda zamon va zamondoshlar, tengdoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlar taqdiri, orzu-intilishlari hayot haqiqati darajasida ifodalanganligiga to'la ishonamiz.

Biografiya


Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma tog'lari etagiga joylashgan Quduqcha qishloqida tug'ilgan. Nakurt qishlog'ida Suyun bobosi tarbiyasida o'sib, ulg'aydi. Uning otasi Olim savodxon bo'lganiga qaramay, «quloq»ning o'g'li bo'lgani uchun qo'liga cho'ponlik tayog'ini olishga majbur bo'lgan. Yosh Azim cho'pon otasi ketida yurib, tabiat sirlari bilan oshno tutingan. Shu narsa bo'lg'usi shoirning shakllanishiga ta'sir o'tkazgan.

«... Keyin askar bo'ldim, - deb yozadi u o'z tarjimai holida, - Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini bitirdim. G'afur Ғulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, O'zbekiston Davlat matbuot qo'mitasi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Xalq so'zi», «O'zbekiston ovozi» gazetalarida xizmat qildim. Ayni paytda «Guliston» jurnalining bosh muharririman.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi noibi bo'ldim. Peshonamni Mustaqillik yorug' qilgan shoirman! Jahon Madaniyat va san'at akademiyasi a'zosiman.

Faoliyati

She'rlarim, she'riy turkumlarim turk, ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirg'iz, turkman, qoraqalpoq va boshqa tillarda chop etilgan. Shu paytgacha o'zbek tilida nashr etilgan to'plamlarim:
1. «Mening osmonim» - 1978.
2. «Zarb» - 1979.
3. «Zamin taqdiri» - 1981.
4. «Xayolot» - 1984.
5. «Ziyo yo'li» - 1986.
6. «Jazo» - 1987.
7. «Olis tonglar» - 1989.
8. «Kuyganim - suyganim» - 1994.
9. «Qora ko'zing sening» - 1994.
10. «Sarbadorlar» - 1994.Shuningdek, 1992 yil Turkiya Yozuvchilar birligining diplomi bilan ham taqdirlanganman».


So'nggi yillarda Azim Suyunning «Saylanma» (1995) kitobi chop etildi. Unga turli davrda yaratilgan eng yaxshi she'rlari va «Sarbadorlar» dostoni kiritilgan.
«Saylanma» bilan tanishar ekanmiz, unda zamon va zamondoshlar, tengdoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlar taqdiri, orzu-intilishlari hayot ҳaqiqati darajasida ifodalanganligiga to'la ishonamiz.
Shoirning 1999 yili «Sharq» nashriyotida chop etilgan «O'zlik» kitobidan turli yillarda yozilgan maqolalar, suhbatlar, she'rlar, hikoyalar va tarjimalar o'rin olgan.
Shoirning yaqinda nashr etilgan «Ey do'st» nomli kitobi besh yuzta besh satrli she'rlardan tarkib topgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/suyun_azim_
Sayt foyda berdi!
87594 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi